date

Balerdiga ikki klub qiziqish bildirdi


Fransiyaning "Marsel" klubi markaziy himoyachisi Leonardo Balerdi ikki klubning diqqat markazida turibdi. CalcioMercato xabariga ko'ra, unga Italiya grandi "Yuventus" hamda Saudiya Arabistonining "Al-Qadisiya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbalarga ko'ra, "Al-Qadisiya" Balerdini qo'lga kiritish uchun 40 million yevro to'lashga tayyor. Balerdi 2020 yilning yozida Dortmundning "Borussiya" klubidan "Marsel"ga ijaraga kelgan va keyinchalik 11 million yevro evaziga to'liq sotib olingan.

Futbolchining joriy shartnomasi 2028 yilning iyunigacha amal qiladi. U "Marsel" safida hozirgacha 178 o'yinda maydonga tushgan.

Joriy mavsumda esa 14 o'yin o'tkazib, 1 golli uzatmani amalga oshirdi va 5 marta ogohlantirish oldi. 26 yoshli sobiq "Boka Xuniors" o'yinchisi Argentina terma jamoasi tarkibida 11 ta o'yinda qatnashgan.

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 20 million yevro atrofida baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Balerdiga ikki klub qiziqish bildirdi