date

Slot: "Liverpul"ning gʻalabasi qoʻldan ketdi


“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premyer-ligasining 15-turidan oʻrin olgan “Lids”ga qarshi oʻyindagi (3:3) durang haqida oʻz fikrlarini bildirdi. “Qizillar” uchrashuvning ikkinchi bo‘limi boshida Ugo Ekitike tomonidan kiritilgan ikkita gol evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi.

Mezbon jamoa 73 va 75-daqiqalarda ikkita javob goli urdi, ammo 80-daqiqada Dominik Soboslayning goli “Liverpul”ni yana oldinga olib chiqdi. Gʻalaba yaqin edi, biroq 96-daqiqada “Lids” standart vaziyatdan gol urib, hisobni tenglashtirdi.

“Menimcha, biz oʻyinning katta qismida yaxshi oʻynadik va 2:0 hisobida oldinga chiqib oldik. Hech qanday muammo yoʻq edi, ammo hakam bizning darvozamizga penalti belgiladi – bu vaziyatni hatto “Lids” uchun gol urish imkoniyati deb ham bo‘lmaydi.

Shundan soʻng hisob 2:1 boʻldi va bir zumda 2:2 boʻlib qoldi. Keyin yana oldinga chiqdik va gʻalabani qoʻlga kiritamiz deb oʻylagandim, biroq raqib yana standart vaziyatdan foydalanib, gol kiritdi.

Futbolchilar juda koʻp mehnat qilishdi, ammo yana standart vaziyatdan gol oʻtkazib yuborishdi – bu mavsumda 10 yoki 11-marta takrorlanmoqda. Agar bunchalik koʻp gol oʻtkazsak, turnir jadvalining yuqori pogʻonasida oʻrin egallashning iloji yoʻq”, – dedi Slot BBCga bergan intervyusida.

15-turdan soʻng “Liverpul” turnir jadvalida 8-oʻrinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slot: "Liverpul"ning gʻalabasi qoʻldan ketdi