date

Misr terma jamoasi murabbiyi: "Bizda katta maqsadlar bor"


Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Husam Hasan Jahon chempionati guruh bosqichi qur'asi natijalari haqida o'z fikrlarini bildirdi. 2026 yilda uchta davlatda bo'lib o'tadigan musobaqada Misr G guruhida Belgiya, Eron va Yangi Zelandiya bilan to'qnash keladi.

"Belgiya ham, Eron ham kuchli jamoalar. Jahon chempionatida oson o'yinlar bo'lmaydi, biz eng yaxshi jamoalarga qarshi yuqori darajada o'ynaymiz.

Misrning katta maqsadlari bor va biz imkon qadar uzoqroqqa borishga harakat qilamiz", – dedi Hasan ahram.org nashriga bergan intervyusida. "Biz o'z ishimizga e'tibor qaratamiz.

Afrika Millatlar Kubogi musobaqasidan so'ng jahon chempionatiga tayyorgarlik uchun vaqtimiz bo'ladi. Shuningdek, xalqaro tanaffuslar chog'ida o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yinlari ham tayyorgarlik uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi.

Kim uzoqroqqa borishni va muxlislarga quvonch ulashishni xohlasa, astoydil ishlashi va maqsadga sodiq qolishi kerak", – deya qo'shimcha qildi Hasan. Misr terma jamoasi FIFA reytingida 34-o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Misr terma jamoasi murabbiyi: "Bizda katta maqsadlar bor"