date

Stiven Jerrard "Liverpul"ga bosh murabbiy boʻlishi mumkin


Afsonaviy "Liverpul" futbolchisi Stiven Jerrard Arne Slot oʻrnini egallashi mumkin boʻlgan nomzodlar roʻyxatiga kiritildi. Angliyalik mutaxassis "Liverpul" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlashi ehtimoli bor, chunki niderlandiyalik murabbiy Arne Slotning tez orada isteʼfoga chiqarilishi kutilmoqda.

Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda. Shuningdek, vaqtinchalik murabbiylikka "Ayaks" jamoasining sobiq murabbiyi Jon Xeytinga ham nomzod sifatida koʻrib chiqilmoqda.

Shanba kuni "Liverpul" "Lids"ga qarshi oʻyinda (3:3) gʻalabani oxirgi daqiqalarda boy berdi. Oʻyindan soʻng zaxirada qolgan Muhammad Saloh Arne Slot bilan munosabatlari yomonlashgani haqida bayonot berdi.

Stiven Jerrard yanvar oyida Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubidan ketganidan beri murabbiylik faoliyatini davom ettirmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Stiven Jerrard "Liverpul"ga bosh murabbiy boʻlishi mumkin