Guti: Alonsoning moslashuvchanligi uni buyuk murabbiy qiladi

Guti: Alonsoning moslashuvchanligi uni buyuk murabbiy qiladi

Guti: Alonsoning moslashuvchanligi uni buyuk murabbiy qiladi
Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Guti Xabi Alonsoning murabbiylik faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Xabi ish boshlaganida u turli uslublarda o'ynashini aytgan edi: uch markaziy himoyachi yoki to'rttasi bilan, 4-3-3 sxemasi...

Jamoa futbolchilariga moslashish buyuk murabbiyning asosiy qobiliyatidir. Dastlabki o'yinlarda u har bir futbolchini diqqat bilan kuzatdi.

U o'zini jamoaga moslashmoqda. Ayni damda tarkib va taktik sxema idealmi yoki yo'q, bilmayman, lekin "Atletik"ga qarshi o'yinda hammasi juda yaxshi ishladi", — dedi Guti Madrid Zone nashriga.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya La Ligasining 19-turidan ortga qoldirilgan uchrashuvda "Real" safarda "Atletik"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Gollarga Kamavinga va Mbappe (dubl) mualliflik qilishdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar