
Angliya Premer-ligasining 15-tur o‘yinlari davom etmoqda. Unda "Brayton" va Londonning "Vest Xem" klublari o‘zaro kuch sinashib, bir-biriga bittadan gol urib, durang natija qayd etishdi.
"Bolgʻachilar" safida jamoa sardori Jarrad Bowen gol muallifiga aylandi. "Vest Xem" bosh murabbiyi, portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu o‘z shogirdini maqtashdan tiyilmadi.
"Jarrad – ajoyib futbolchi. Men u uchun juda xursandman.
Unga ushbu gol kayfiyat va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun zarur edi", – deya Santu so‘zlarini keltiradi BBC Sport. Hozirda "Vest Xem" Angliya chempionatining oliy ligasi turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.