Kalyari murabbiyi: Gʻalabani muxlislarimizga bagʻishlaymiz

Kalyari murabbiyi: Gʻalabani muxlislarimizga bagʻishlaymiz
Italiya chempionatining 14-turida "Kalyari" o'z maydonida "Roma" jamoasini mag'lub etib, mahalliy sensatsiya yaratdi. Yaqin vaqtgacha turnir jadvalida yetakchilik qilgan "Roma" ustidan qozonilgan bu gʻalaba "Kalyari" jamoasi uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Jamoa bosh murabbiyi Fabiyo Pizakane o'yin natijasidan mamnun ekanini yashirmadi. "Katta jamoa, "Roma"ni magʻlub etganingda, bu albatta hissiyotlarga boy bo'ladi.

Biz oʻz xohlagan taktikamizda oʻynadik. Agar biz "Roma"ni yengishga muvaffaq boʻlgan boʻlsak, bu jamoamizning rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Ushbu gʻalabani muxlislarimizga bagʻishlaymiz", – dedi Pizakane Forzaroma.info nashriga bergan intervyusida. Chempionatning keyingi turida "Kalyari" "Atalanta" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar