date

Liverpul Salah bo'yicha qaror qabul qiladi


Liverpul jamoasi yaqin orada Muhammad Salahning Italiyaga, Chempionlar ligasi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yinga borishi yoki bormasligi bo'yicha qaror qabul qiladi. Jamoa rahbariyati 33 yoshli futbolchining "Lids"ga qarshi shanba kungi o'yindan so'ng bildirgan keskin fikrlaridan mamnun emas.

Salah o'z intervyusida o'z holatidan norozi ekanligini ochiq aytib, zaxirada qolmasligi kerakligini va klub va'dalarini bajarmayotganini ta'kidladi. Jurnalist Lyuis Stilning ma'lumotlariga ko'ra, dushanba kuni ertalab Salahning Italiyaga jamoa bilan birga uchishi masalasi ko'rib chiqiladi.

Liverpul rahbariyati hozircha yulduz futbolchini jazolash yoki jazolamaslik borasida aniq qarorga kelmagan. Liverpul va Inter o'rtasidagi uchrashuv seshanba kuni "San-Siro" stadionida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul Salah bo'yicha qaror qabul qiladi