
"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz "Napoli"ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatdi. 20 yoshli futbolchi uchrashuvning 59-daqiqasida hisobni tenglashtirdi (1:1).
Opta statistika ekspertlariga ko‘ra, Yildiz so‘nggi 50-yil ichida 21 yoshdan kichik bo‘lgan holda Italiya A Seriyasining dastlabki 15 turida 5 yoki undan ortiq gol kiritgan ikkinchi "Yuventus" futbolchisidir. Bungacha bu natijaga 1994/95 mavsumida afsonaviy Alessandro Del Pero erishgan.
Yildiz joriy mavsumda Italiya chempionatida 13 o‘yinda 5 gol urdi va 3 marta golli uzatmani amalga oshirdi. Uchrashuv yakunida esa "Napoli" futbolchisi Rasmus Xoylund dubl qayd etib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.