date

Salah Slot bilan ishlashni istamayapti


“Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Salah bosh murabbiy Arne Slot qoʻl ostida oʻynash niyatida emas. 33 yoshli futbolchi shanba kuni “Lids”ga qarshi oʻyindan soʻng bergan intervyusida gollandiyalik murabbiy bilan munosabatlari keskin yomonlashganini maʼlum qildi.

BBC xabariga koʻra, futbolchi va murabbiy oʻrtasidagi kelishmovchilik ancha jiddiy boʻlib, misrlik futbolchi Slot “Liverpul” boshqaruvida ekan, oʻz kelajagini jamoada koʻrmayapti. Klub rahbariyati masalani qanday hal qilishni hali maʼlum qilmagan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, “qizillar” rahbariyati mazkur ziddiyatda toʻliq Arne Slotni qoʻllab-quvvatlayapti. Katta ehtimol bilan Muhammad Salah “Inter” va “Brayton”ga qarshi boʻladigan keyingi uchrashuvlarni oʻtkazib yuboradi va Afrika Kubogiga yoʻl oladi.

Keyin esa vaziyat qanday boʻlishi hozircha nomaʼlum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Salah Slot bilan ishlashni istamayapti