Kunde Arauʻoning oʻrnini egallashga tayyor

Barselona futbolchisi Jyul Kunde Ronald Arauʻo oʻrnini egallashga tayyorligini bildirdi. Urugvaylik markaziy himoyachi Chelsi bilan kechgan uchrashuvda (0:3) qizil kartochka olganidan soʻng psixologik muammolarga duch kelgan.
Klub unga ruhiy tiklanish uchun dam olish imkoniyatini yaratdi. Jurnalist Xelena Kondisning maʼlumotiga koʻra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik Kunde bilan ushbu vaziyatni muhokama qilgan.
Suhbat davomida fransuz futbolchi murabbiyga markaziy himoyaga qaytib, Arauʻo oʻrnini egallashni istashini bildirgan. Eslatib oʻtamiz, Jyul Kunde Xavi Ernandes davrida oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasiga oʻtkazilgan edi.
Dastlab markaziy himoyachiga bu noanʼanaviy rol yoqmagandi, biroq keyinchalik bunday qarorga koʻnikdi. Muammo shundaki, "koʻk-anorranglilar" bosh murabbiyi Pau Kubars bilan juftlikda chap oyoqli himoyachini koʻrishni istaydi, Kunde esa oʻng oyoqli futbolchi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing