"Siti" fanatlari "Real"ga qarshi Husanovni talab qilmoqda

2 daqiqa o'qish13.1K
"Siti" fanatlari "Real"ga qarshi Husanovni talab qilmoqda

Angliya Premyer-ligasida ishlarni ancha izga solib olgan “Manchester Siti” endi Yevropa Chempionlar ligasidagi siyohlanib qolgan holatni ham barqarorlashtirishi shart. Qit’aning eng nufuzli musobaqasidagi o‘tgan turda Xosep Gvardiola tanlagan eksperimental taktika jamoaning o‘z uyida “Bayer”dan mag‘lub bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Mazkur yutqiziq jamoani musobaqa jadvalida birdaniga to‘qqizinchi pog‘onaga tushirdi.

“Shaharliklar” to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-offga yo‘l olishi uchun kuchli sakkizlikka kirishi kerak. O‘tgan mavsumda bu vazifani bajara olmagan manchesterliklar o‘tish bahsida “Real”ga yutqazib, EChLni tark etishga majbur bo‘lishgan edi.

Bu yil ham eng muhim sinov 6-turda kutib turibdi — “Siti” Madridda “Real” bilan bir uchrashuvli hal qiluvchi to‘qnashuvga chiqadi. Uchrashuv Yevropa vaqti bilan 10-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fanatlar talabi: Husanov maydonda bo‘lishi shart

Dunyo bo‘ylab tarqalgan “Manchester Siti” muxlislari klubning rasmiy sahifalarida gapni ochiqdan ochiq ayta boshlashdi: ular Gvardioladan “Santyago Bernabeu”dagi o‘yinda o‘ng qanot himoyasini Abduqodir Husanovga topshirishni talab qilmoqda.

Buning asosiy sababi ham aniq: o‘tgan mavsum Madriddagi o‘yinda o‘zbek futbolchisi “Real”ning eng xatarli hujumchilaridan biri Vinisius Juniorni butunlay o‘yindan chiqarib qo‘ygan, yigitning harakati esa futbol jamoatchiligida katta e’tirofga sabab bo‘lgan edi.

Muxlislar izohlaridan ayrimlari:

Phâã Qwërçīyzx:

“Gvardiola, Husanovni o‘ng qanotda o‘ynat!”

Lokoli Jnr:

“Pep, iltimos, Realga qarshi o‘yinni Husanov bilan boshlang!”

Hon Abraham Lengwe:

“Qanday bo‘lsa ham, bu safar Realni yutishimiz kerak.”

Woosman Ceide (Real muxlisi):

“Siti, Xabi Alonsoni ishdan ketkazishga yordam bering, bizga qattiq zarba bering!”

KY Marto:

“Husanov asosiy tarkibda bo‘lishi shart.”

Nasruddeen Yahya Abbie:

“Selta boshlagan ishni davom ettiraylik.”

Manuel Chared (Real muxlisi):

“Siti, kelib Alonsoning ‘dumini tuginglar.”

Shamsu Abdullahï Musa:

“Iltimos, o‘ng qanotni Husanovga topshiringlar.”

Kevin Blxck:

“Shaxsan men, u Madridda asosiy tarkibda bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.”

Lutho Marshall:

“Husanovni Madridda kutib turibmiz!”

Muxlislar orasidagi munosabatdan ko‘rinib turibdiki, “Siti” muxlilari bu bahsni nafaqat jamoa uchun, balki Abduqodir Husanovning global arenada yana bir bor o‘zini ko‘rsatishi uchun eng muhim imkoniyat sifatida ko‘rishmoqda.

Manchesterliklar oldinda turgan og‘ir sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishi uchun esa har bir to‘g‘ri tanlov hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?