date

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSHda mundial bazalarini tanlab bo‘ldi

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSHda mundial bazalarini tanlab bo‘ldi

2026 yilgi Jahon chempionati yaqinlashayotgan bir paytda, AQSH hududida mundial qatnashchilari uchun mo‘ljallangan barcha infratuzilma — mashg‘ulot maydonlari, trenajyor zallari, mehmonxonalar va logistika nuqtalari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston delegatsiyasi mutaxassislari bugun Ostin shahridagi maxsus ajratilgan baza bilan tanishib chiqishdi. Delegatsiya a’zolari stadionlar, yotoqxonalar, tiklanish va tayyorgarlik zonalarini atroflicha ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, San-Antonio va Hyustondagi variantlar ham o‘rganilib, yakuniy texnik xulosalar muhokama qilinishi belgilangan.

FIFA tomonidan umumiy hisobda 61 ta lokatsiya tanlab olingan bo‘lib, ular har bir ishtirokchi jamoa uchun turar joy va mashg‘ulot maskanlari sifatida xizmat qiladi. Ushbu manzillar terma jamoalarning o‘yin kunida qatnashadigan stadionlar geografiyasi, safar masofasi va tiklanish imkoniyatlaridan kelib chiqib taqsimlanadi.

Guruh bosqichi davomida jamoalar o‘yin o‘tkaziladigan shaharlarga maxsus charter reyslari orqali yetib borishadi yana bellashuv yakunlanishi bilan asosiy bazasiga qaytishadi. Bu tizim futbolchilarning kamroq charchashi va maksimal darajada tiklanishiga yordam berishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etmoqda va "K" guruhidan o‘rin olgan. Ushbu kvartetda yurtimiz vakillari Portugaliya, Kolumbiya hamda pley-off g‘olibi — Kongo, Yamayka yoki Yangi Kaledoniyadan biriga qarshi maydonga tushishadi.

O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHdagi tashriflari davom etmoqda va terma jamoa uchun eng maqbul sharoitga ega baza tanlanishi kutilayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston delegatsiyasi AQSHda mundial bazalarini tanlab bo‘ldi