Modrich Luninni "Milan"ga olib kelishi mumkin

Ukraina terma jamoasi va Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin Ispaniya chempionatini tark etib, Italiya A Seriyasiga yoʻl olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, "Milan" darvozabonni oʻz safiga qoʻshib olish niyatida. "Rossoneri" yarim himoyachisi Luka Modrich, avvalroq "Real" safida oʻynagan futbolchi sifatida, ukrainalik darvozabonning transferiga yordam berishga tayyor.
Luninning "qirollik" klubi bilan shartnomasi 2030-yilning oʻrtalarigacha amalda. Uning transfer bozoridagi qiymati 18 million yevro qilib baholanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, ukrainalik futbolchi "Real" safiga 2018-yilda qoʻshilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing