
Jahon chempionati–2026 tarixiy turnir bo‘lishi kutilyapti. Chunki ilk bor dunyoning bir qator yangi terma jamoalari ham mundialda debyut qiladi. Mana shu debyutant milliy jamoalar safidagi futbolchilarning kutilgan transfer qiymati (xTV) bo‘yicha top-10 ro‘yxati e’lon qilindi va unda O‘zbekiston nomining yorqin ko‘rinishi ko‘pchilikni quvontirdi.
Eng muhim yangilik — ushbu reytingning mutlaq peshqadami Abduqodir Husanov! “Manchester Siti” himoyachisi xTV bo‘yicha debyut qiluvchi termalar futbolchilari orasida eng yuqori bahoga ega o‘yinchi sifatida qayd etildi. Unga €47.8 millionlik qiymat berilishi uning mavsum davomidagi ishonchli o‘yini, barqaror o‘sishi va Yevropadagi qiziqish darajasi naqadar baland ekanini ko‘rsatib turibdi.
Ro‘yxatda yana bir qator o‘zbek futbolchilari ham bor. Ular tom ma’noda debyutchi millatlar orasidagi eng qimmat yigitlarga aylanishgan.
Top-10 — JCH-2026 debyutchilari orasida eng yuqori xTV bo‘lgan o‘yinchilar
1. Abduqodir Husanov (O‘zbekiston, 21 yosh) — €47.8 mln
Yechilmas himoya, shirin texnik harakatlar va ulkan potensial. U haqli ravishda ro‘yxat yetakchisi.
2. L. Kosta (24 yosh) — €21.7 mln
“Vilyarreal” vingeri jismoniy kuch va tezlik bilan ajralib turadi.
3. Abbosbek Fayzullayev (O‘zbekiston, 22 yosh) — €10.0 mln
Turkiyaning “Istambul Bashakshehir” klubida o‘sib borayotgan yarim himoyachi Yevropa skautlarining e’tiborida.
4. Eldor Shomurodov (O‘zbekiston, 30 yosh) — €9.3 mln
Tajribali forvard hanuz o‘z termasining eng ishonchli hujumchilaridan biri.
5. M. Tamari (28 yosh) — €8.9 mln
6. S. Hansen (23 yosh) — €5.7 mln
7. V. Pina (23 yosh) — €5.6 mln
8. K. Lenini (28 yosh) — €4.3 mln
9. Serjino (24 yosh) — €4.2 mln
10. T. Bani (22 yosh) — €4.1 mln

O‘ZBEK FUTBOLI UCHUN YANA BIR HURMAT
Reytingda 3 nafar o‘zbek futbolchisining borligi — yurtimiz futboli qanday bosqichga chiqqanini yorqin ifodasi. Abduqodirning esa mutlaq yetakchi sifatida qayd etilishi JCH–2026da O‘zbekistondan katta umidlar bog‘lanishini anglatadi.
Dunyo mundial oldidan debyut qiluvchi jamoalardan kim qancha transfer potensialiga ega ekanini biladi. Ammo shubha yo‘q: ushbu ro‘yxatdagi o‘zbek yigitlari Chempionat davomida yanada ko‘proq diqqat markazida bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.