Rabio: “Pulisichning o‘yiniga muhtoj edik”

Rabio: “Pulisichning o‘yiniga muhtoj edik”
Italiya A Seriyasining 14-turi doirasida “Milan” Turinda “Torino” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Maks Allegri shogirdlari dastlab ikki marta gol o‘tkazib yuborishganiga qaramay, uchta javob goli bilan o‘yinni o‘z foydalariga hal qildilar.

Ushbu uchrashuvda gol urgan futbolchilardan biri Adrien Rabio bo‘lib, u o‘yindan keyin bo‘lib o‘tgan voqealarni sharhladi. “Biz o‘yinni yomon boshladik.

Birinchi bo‘limning ikkinchi yarmida vaziyat yaxshilana boshladi. Tanaffusda esa yanada agressivroq o‘yin ko‘rsatishga qaror qildik va ritmdagi o‘zgarish darhol sezildi.

Bizga Pulisichning paydo bo‘lishi katta yordam berdi”, — dedi Rabio pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Keyingi turda “Milan” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar