date

Leau jarohat oldi, ammo xavfli emas

Leau jarohat oldi, ammo xavfli emas
Italiyaning "Milan" klubi A Seriyaning 14-turida "Torino" ustidan gʻalaba qozondi. Ammo jamoaning asosiy hujumchisi Rafael Leau birinchi bo‘limning oʻrtalarida maydonni tark etdi.

U jarohat olgani sababli almashtirildi. Biroq keyinchalik maʼlum boʻldiki, Leau jiddiy jarohat olmagan.

Portugaliyalik futbolchining almashtirilishiga sabab boʻlgan holat oddiygina mushak tirishishi boʻlgan. Bu esa uning keyingi tur oʻyinida maydonga tusha olishi mumkinligini anglatadi.

"Milan" hozirda faqat A Seriyada ishtirok etmoqda, chunki ular mamlakat kubogidan chiqib ketgan. Yaqin orada jamoa Italiya Superkubogida ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Leau jarohat oldi, ammo xavfli emas