date

Matri: Rabiot - hozirgi Milanning asosiy futbolchisi


Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Alessandro Matri "Torino"ga qarshi o‘yinda Adrien Rabiotning o‘yinidan qoyil qoldi. Fransiyalik futbolchining uzoq masofadan yo‘llagan aniq zarbasi "Milan"ni o‘yinga qaytarib, yakunda jamoaga 3:2 hisobida g‘alaba keltirdi.

"Darvozabon bu zarbani kutmagan edi, lekin uning aybi yo‘q. Zarba juda kuchli edi.

Ammo gap faqat gol emas, Rabiotning barqarorligi va o‘yindagi harakatlaridandir. U maydonda bo‘lmaganda, bu darhol seziladi.

Shu sababli men uni hozirgi 'Milan'ning eng hal qiluvchi futbolchisi deb hisoblayman", - dedi Matri pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Adrien Rabiot o‘tgan yozda "Marsel"dan "Milan"ga o‘tdi.

Uning transferi jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri rahbarligi ostida amalga oshirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Matri: Rabiot - hozirgi Milanning asosiy futbolchisi