
«Chelsi» yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi: jamoa seshanba kuni Chempionlar Ligasi doirasida «Atalanta»ga qarshi o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Enzo Mareska boshchiligidagi jamoa ketma-ket to‘rt o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti.
Bergamoga safar qilishdan oldin «ko‘klar» «Bornmut» (0:0) va «Arsenal» (1:1) bilan durang o‘ynab, «Lids»ga (1:3) mag‘lub bo‘lishdi. «Men doim xavotirdaman.
So‘nggi to‘rt o‘yinda atigi ikki ochko yig‘dik – bu biz kutgan natija emas. Yaxshiroq o‘ynashimiz kerak», – deydi italiyalik murabbiy The Touchline nashriga bergan intervyusida.
13 dekabr, shanba kuni «Chelsi» Angliya chempionatining 16-turida o‘z maydonida «Everton»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.