
Matbuotda Karim Benzema «Al-Ittihod» bilan shartnomasini uzaytirdi, degan xabarlar tarqaldi. Biroq, Foot Mercato nashrining ma'lumotiga ko‘ra, bu xabarlar haqiqatga mos emas.
Manbaning xabar berishicha, Benzema Jidda klubi bilan shartnomasini uzaytirmagan. Bundan tashqari, 37 yoshli futbolchi hali klubdan rasmiy shartnoma uzaytirish taklifini olmagan.
Karim Benzemaning erkin agent maqomini olish ehtimoli «Lion» muxlislarini yulduz futbolchi o‘zining sobiq klubiga qaytar degan umidga solmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Benzema «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan edi.
Frantsiyalik hujumchi «Al-Ittihod» safida 74 o‘yinda maydonga tushib, 49 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.