Unai Simon PSJ bilan o‘yindan so‘ng fikr bildirdi

Unai Simon PSJ bilan o‘yindan so‘ng fikr bildirdi
UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining oltinchi turida Ispaniyaning Bilbao shahri vakili "Atletik" Fransiyaning "PSJ" jamoasiga qarshi o‘z maydonida o‘ynadi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Ushbu o‘yindan so‘ng Ispaniya klubi darvozaboni Unai Simon o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bunday o‘yinlarda jamoa energiya to‘playdi. Hozirda "Atletik" yaxshi holatda.

Biz ushbu tempni keyingi uchrashuvlarda ham saqlab qolishimiz kerak. Jamoa faqat oldinga harakat qilishi lozim", – dedi futbolchi UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

O‘tkazilgan oltita turdan so‘ng, Basklar klubi besh ochko to‘plab, Chempionlar ligasi umumiy bosqichida 28-o‘rinda bormoqda. "PSJ" esa 13 ochko bilan uchinchi pog‘onani egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar