Antuan Semenyo "Arsenal"ni tanladi

Antuan Semenyo "Arsenal"ni tanladi
Bournemouth jamoasi vingeri Antuan Semenyo faoliyatini qaysi klubda davom ettirishni tanladi. SunSport xabariga ko‘ra, Semenyoga Londonning "Arsenal" klubi bilan shartnoma imzolash istiqboli juda yoqadi.

Shu sababli, u "Tottenhem"dan uzoqlashgan, garchi bu klub ham futbolchiga qiziqish bildirgan bo‘lsa. Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli vingerning "Bournemouth" bilan tuzilgan shartnomasida tovon puli miqdori 74 million yevro etib belgilangan.

Joriy mavsumda Semenyo barcha musobaqalar doirasida 15 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar