
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy "PSJ" darvozaboni Matvey Safonovning kelajagi haqida fikr bildirdi. Mostovoyning so‘zlariga ko‘ra, Safonovning Parij klubida zaxira darvozaboni sifatida o‘ynash roli uni qoniqtirayotgan bo‘lishi mumkin.
Sobiq "Selta" futbolchisi Safonovning transfer narxi borasidagi mulohazalarini ham o‘rtoqlashdi. "PSJ Safonovni 30 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormaydi, deb o‘ylayman.
U klub uchun ideal o‘yinchi. Uni 20 million yevroga sotib olishgan edi.
Klub transferdan foyda ko‘rishi kerak", - dedi Mostovoy "RB Sport"ga bergan intervyusida. Matvey Safonov "PSJ"ning so‘nggi ikki uchrashuvida maydonga tushib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Parijliklarning asosiy darvozaboni Lyuka Shevalye ayni paytda jarohat olgan va safdan chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.