date

Joze Mourino A Seriyasi chempionligi haqida fikr bildirdi


Milan "Inter"ining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriyasidagi chempionlik uchun kurash haqida o‘z fikrlarini bildirdi. O‘tgan mavsumda chempionlik uchun "Napoli" va Mourinoning sobiq klubi "Inter" raqobat qilgan bo‘lsa, joriy mavsumda bu kurashga "Milan" hamda Mourinoning yana bir sobiq klubi "Roma" ham qo‘shildi.

"Menimcha, chempionlik uchun kurashda "Napoli", "Inter" va "Milan" asosiy nomzodlar hisoblanadi. "Milan"ning murabbiyi Allegri haqida aytadigan bo‘lsam, u fantastik murabbiy.

Shuningdek, "Roma"ning ham g‘alaba qozonishini umid qilaman, lekin...", – deydi portugaliyalik mutaxassis pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Ma’lumki, "Roma" oxirgi marta Italiya chempionligini 2001 yilda qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino A Seriyasi chempionligi haqida fikr bildirdi