Ariedo Brayda: Rafael Leau zamonaviy futbol uchun ideal

Italiyaning "Milan" klubi sobiq sport direktori Ariedo Brayda portugaliyalik hujumchi Rafael Leau haqida ijobiy fikr bildirdi. Uning fikriga ko‘ra, Leau zamonaviy futbol uchun ideal futbolchi.
Shuningdek, Brayda klubning hozirgi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Leauga o‘z mahoratini oshirishda yordam berayotganini ta’kidladi. "Rafael katta futbolchi va Massimiliano Allegri uning o‘sishida katta hissa qo‘shmoqda.
Leau zamonaviy futbol uchun ideal futbolchi. U juda tezkor, kuchli va raqiblarini osonlik bilan ortda qoldira oladi.
Hozirgi davrda ko‘pchilik orqaga pas beradi, lekin u to‘pni oldinga olib chiqish qobiliyatiga ega", - deydi Brayda Tuttosport nashriga bergan intervyusida. Rafael Leau "Milan" safida 2019 yildan beri to‘p surmoqda.
U bunga qadar o‘z vatani Portugaliyada va Fransiyada faoliyat olib borgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing