date

Anzor Kavazashvili O‘zbekistonning JCH-2026 imkoniyatlarini baholadi


Sobiq "Spartak" darvozaboni Anzor Kavazashvili O‘zbekiston terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatida kutilmagan natijalar ko‘rsatishi mumkinligiga ishonch bildirdi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo‘l oldi.

Kavazashvilining fikricha, jamoa musobaqaga maksimal darajada tayyorlanmoqda. Sobiq darvozabon O‘zbekiston futbol federatsiyasining bir necha yil davomida milliy jamoaning yangi modelini yaratishga intilganini, bu jarayonda yosh futbolchilarga asosiy e’tibor qaratilganini va ularning rivoji xalqaro o‘yinlar orqali yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

"Ha, ehtimol ular kutilmagan natijalar ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston terma jamoasi tayyorgarlikni juda jiddiy olib borgan.

Hatto bizning jamoamiz ularning maydonida o‘ynaganida ham ular yosh futbolchilar bilan maydonga tushgan, ular o‘zlarini juda yaxshi ko‘rsatishdi", - dedi Kavazashvili "Match TV"ga bergan intervyusida. Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va hali aniqlanmagan yana bir raqib bilan bir guruhda o‘ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anzor Kavazashvili O‘zbekistonning JCH-2026 imkoniyatlarini baholadi