date

Vitaliy Kafanov Safonovning PSJdagi o‘yinidan umidvor


Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov Parijning PSJ klubi darvozaboni Matvey Safonovning o‘yinlari haqida fikr bildirdi. "Ushbu o‘yin Matveyning keyingi uchrashuvda ham maydonga tushishiga va asosiy tarkibda mustahkamlanishiga umid beradi", - dedi Kafanov Metaratings nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan chorshanba kuni Safonov Chempionlar Ligasi guruh bosqichining oltinchi turida Bilbao "Atletik"iga qarshi uchrashuvda PSJ safida maydonga tushdi. Ispaniyaning Bilbao shahrida o‘tgan mazkur bahs golsiz durang bilan yakunlandi.

Bu Safonov uchun PSJ tarkibidagi ketma-ket ikkinchi Chempionlar Ligasi o‘yini bo‘ldi. Bungacha u "Renna" klubiga qarshi uchrashuvda darvozani himoya qilgan edi.

Mazkur o‘yinda PSJ 5:0 hisobida zafar quchgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Kafanov Safonovning PSJdagi o‘yinidan umidvor