
40 yoshli "Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich bolaligida "rossoneri" muxlisi bo‘lganini ma'lum qildi. "Milan" safida o‘ynayotganimdan xursandman.
Bu katta italyan klubi. Har safar jamoa libosida maydonga tushganimda zavq tuyaman.
Men bolaligimdan "rossoneri"ga muxlislik qilardim va ular safida o‘ynashni orzu qilardim. Orzuim amalga oshdi", – dedi Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi "Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.
Modrich "Milan" safiga 2025-yil yozida qo‘shilgan. Yarim himoyachi klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Xorvatiyalik futbolchining transfer qiymati 4 million yevroga baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.