Luis Enrike: Bizda uch nafar top darvozabon bor

Luis Enrike: Bizda uch nafar top darvozabon bor
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Matvey Safonovning jamoa darvozasidagi o‘yinini baholab o‘tdi. "Safonov o‘z darajasini ko‘rsatdi.

Biz har doim tayyor bo‘lgan futbolchilarni ko‘rishdan xursandmiz. U o‘z xarakterini va ishga professionallik bilan munosabatini namoyish etdi.

Bizda uch nafar top darvozabon borligidan juda xursandman", – dedi Enrike RMC Sportga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, rossiyalik darvozabon joriy mavsumda ilk bor PSJ tarkibida oxirgi ikki o‘yinda maydonga tushdi.

Safonovning darvozadagi birinchi o‘yini Liga 1 doirasida "Renn" jamoasiga qarshi kechgan bo‘lib, unda PSJ raqibni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi o‘yinda esa UEFA Chempionlar Ligasi doirasida PSJ "Atletik Bilbao" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Safonovning asosiy tarkibga tushishiga PSJning asosiy darvozaboni Lyuka Shevalyenning jarohati sabab bo‘ldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar