
Mohamed Saloh “Liverpul”ning “Brayton”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
33 yoshli vinger avvalgi Chempionlar ligasi uchrashuvida, ya’ni “Inter”ga qarshi o‘yinda (1:0) maydonga tushmagan edi. Bunga Salohning klub va bosh murabbiy Arne Slotdan norozi ekanini bildirgan intervyusi sabab bo‘lgan edi.
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot 12 dekabr kuni futbolchi bilan suhbat o‘tkazishini va uning kelajagi borasidagi vaziyatni aniqlashtirishini ma’lum qilgan edi. Ko‘rinib turibdiki, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan.
Joriy mavsumda Mohamed Saloh 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.