
Taniqli jurnalist Pol Joysning xabar berishicha, "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida jamoa safida bo‘ladi. Ma’lumki, so‘nggi Premer-liga bahsidan keyin, Saloh o‘zining zaxirada o‘tirishiga nisbatan norozilik bildirgan va "Brayton"ga qarshi o‘yin uning Mersisayd klubidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lishini ta’kidlagan edi.
Bu holatdan keyin, "Liverpul" bosh murabiyi Arne Slot Saloh bilan shaxsan gaplashish va mavjud muammolarni hal qilish niyatida ekanligini aytib o‘tgan. Jurnalist Pol Joysning ma’lumotlariga ko‘ra, bu suhbat ijobiy holda yakunlangan, ammo o‘tgan haftadagi ba’zi muammolar hali ham to‘liq hal qilinmagan. Bu vaziyat Afrika Kubogi turnirining o‘tkazilishi bilan bog‘liq hal etilishi kerak.
Shuningdek, "Liverpul" va "Brayton" o‘rtasidagi muhim bahs ertaga, 20:00 da start olishi kerak. Salohning qaydnomaga kiritilishi, o‘yinning kayfiyati va kelajakdagi qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.