Mayk Menyan noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Mayk Menyan noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Fransiyalik darvozabon Mayk Menyan Italiya A Seriyasida noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning eng yorqin o‘yini 23-noyabr kuni "Milan" va "Inter" o‘rtasidagi derbida bo‘ldi.

Ushbu uchrashuvda Menyan "Inter" futbolchisi Hakan Chalhanog‘lu tomonidan amalga oshirilgan penalti zarbasini qaytarib, jamoasiga g‘alabani saqlab qoldi. Hozirda "Milan" bosh murabbiy Massimiliano Allegri qo‘l ostida Italiya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mayk Menyan 2021-yilda Fransiyaning "Lill" klubidan "Milan"ga o‘tayotgan edi. U Italiyadagi ilk mavsumidayoq Skudetto sohibiga aylangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar