
«Liverpul» klubi, shov-shuvli intervyudan so‘ng, Muhammad Salohga nisbatan hech qanday jazo chorasini qo‘llamaslikka qaror qildi. Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati Salohning jamoada qolishini xohlamoqda.
Mersisaydliklar futbolchisiga nisbatan yangicha yondashuvni tanladi. Agar Saloh qishda jamoasini o‘zgartirishni xohlasa, u «Liverpul»ga aniq va amaliy variantlar taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, futbolchi va bosh murabbiy o‘zaro kelishgan bo‘lsa-da, hali to‘liq kelishmovchiliklar bartaraf etilmagani aytilmoqda.
Ushbu qaror, «Liverpul»ning Salohga bo‘lgan ishonchini va uning klubdagi muhim rolini ko‘rsatmoqda. Shunga qaramay, futbolchi «Brayton»ga qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilgan va maydonga chiqishga tayyorlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.