
Argentinalik hujumchi Lautaro Martines "Inter" jamoasidagi ayrim futbolchilarni tanqid qildi. TyC Sports xabariga ko‘ra, Martines jamoadoshlarining jarohat olishlaridan keyingi harakatlaridan norozi.
Uning fikricha, Dyumfris, Chalxanog‘lu va Tyuram jarohatlardan tiklanish uchun juda ko‘p vaqt sarflaydi va bu jamoani hal qiluvchi lahzalarda qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Shu bilan birga, Lautaro o‘zi jarohat bilan o‘ynayotganini va jamoaga yordam berishga harakat qilayotganini ta’kidladi.
Joriy mavsumda 28 yoshli Martines barcha turnirlar doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayni paytda "Inter" Italiya A Seriyasining jadvalida 14 turdan so‘ng 30 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.