Lautaro Martines va Barselona oʻrtasida kelishuv bormi?

Yevropa futbolida transfer oynasining soʻnggi kunlari yaqinlashgani sari shov-shuvli xabarlar koʻpayib bormoqda. Ispaniyaning nufuzli El Chiringuito TV telekanali tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Italiyaning Inter klubi sardori Lautaro Martines Kataloniyaning Barselona jamoasi bilan shartnoma shartlari boʻyicha kelishuvga erishgan. Ushbu xabar futbol jamoatchiligi va muxlislarda katta qiziqish uygʻotdi, chunki hujumchi chindan ham soʻnggi mavsumlarda oʻzining yuqori savobli oʻyinlari bilan ajralib turibdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Manbaning taʼkidlashicha, Barselona sport direktori Deku oʻtgan haftayoq argentinalik hujumchining agenti Alexandro Kamano bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazgan. Muzokaralar natijasida tomonlar shartnomaning asosiy shartlari boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishishga muvaffaq boʻlgan. Kataloniya klubi dastlabki asosiy maqsadi boʻlgan Xulian Alvaresni oʻz safiga qoʻshib ola olmagach, eʼtiborini aynan Lautaro Martinesga qaratgan va Inter rahbariyatiga rasmiy taklif yuborishga hozirlik koʻrmoqda.






























Izohlar 0
…