date

Yuventus Kenan Yildizga 6 million yevro taklif qilmoqda


"Yuventus" klubi vinger Kenan Yildiz bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Tuttosport xabariga ko‘ra, Turin klubi futbolchiga yiliga 6 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.

Bundan tashqari, klub qo‘shimcha bonuslarni ham taklif qilishi mumkin. Muzokaralar yaqin haftalar ichida yakunlanishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, 20 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Kenan Yildiz "Yuventus"ning asosiy jamoasi safida jami 104 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 17 ta golli uzatma amalga oshirgan.

"Yuventus" Italiya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 14-dekabr kuni safarda "Bolonya"ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Kenan Yildizga 6 million yevro taklif qilmoqda