date

Tuluza Parij maydonida yirik hisobda g'alaba qozondi


Fransiya Liga 1 16-turi doirasida turnir jadvalining quyi qismidagi jamoalar — «Parij» va «Tuluza» o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuvda mehmonlar 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.

17-daqiqada hakam Amari Traorening qo'l bilan o'ynaganini qayd etib, penalti belgiladi. Jibril Sidibe tepgan zarbani darvozabon qaytarib, to'pni burchak zarbasiga chiqarib yubordi.

Biroq Sidibe ko'p o'tmay o'zini oqladi: u 29-daqiqada Santyago Idalgoga golli uzatma berib, hisobni ochdi. Birinchi bo'lim yakuniga yaqin Yann Gbo hisobni 2:0 ga yetkazdi, 69-daqiqada esa Sidibening navbatdagi uzatmasidan so'ng dublini rasmiylashtirdi — 3:0.

Ushbu natijadan so'ng «Tuluza» 7-o'ringa ko'tarilib, «Monako»ni pastga surdi. «Parij» esa jadvalda pastdan beshinchi pog'onada qoldi.

Gollar: 29-daqiqa — Santyago Idalgo, 37-daqiqa — Yann Gbo, 69-daqiqa — Yann Gbo.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tuluza Parij maydonida yirik hisobda g'alaba qozondi