
1930-yillarning ikkinchi yarmida Ispaniyada kechgan fuqarolar urushi mamlakat tarixidagi bitmas jarohat bo'lib qolmoqda. Oradan o'nlab yillar o'tganiga qaramay, o'sha fojiali qarama-qarshilik qurbonlarining qoldiqlari hanuz topilmoqda.
Navarra provinsiyasi Xotira instituti navbatdagi qurbonning qoldiqlari genetik tahlil orqali aniqlanganini ma'lum qildi. U «Osasuna» klubining sobiq prezidenti Ramon Bengaray Sabalza ekani tasdiqlandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, u 1936 yilda 40 yoshida o'ldirilgan. Bu voqea Bengaray Sabalza futbol ishlaridan tashqari siyosatga ham kirishib, Navarra Xalq frontiga rahbarlikni qo'lga olganidan ko'p o'tmay sodir bo'lgan.
Uning rafiqasi Ramona Sapatero mamlakatdan qochishga majbur bo'lgan va keyinchalik o'z huquqlarini tiklash uchun uzoq vaqt kurashgan. Eslatib o'tamiz, «Osasuna» klubi 1920 yilda tashkil etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.