Kasper Yulmann «Kyoln» ustidan g‘alabani izohladi

Kasper Yulmann «Kyoln» ustidan g‘alabani izohladi
Leverkuzenning «Bayer» klubi bosh murabbiyi Kasper Yulmann Germaniya chempionati doirasida «Kyoln» ustidan qo‘lga kiritilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi. «Jamoa g‘alabaga to‘liq loyiq edi.

Natijadan barchamiz mamnunmiz. Uchrashuvning birinchi bo‘limi biz uchun saboq bo‘ldi, tanaffusda vaziyatni tahlil qildik.

O‘tgan o‘yinda jamoaviy ruhimizni namoyish etdik», — deya murabbiy so‘zlarini Bundesliga matbuot xizmati keltiradi. 14 ta turdan so‘ng «Bayer» 26 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Yulmann shogirdlari peshqadam «Bavariya»dan 11 ochkoga ortda qolmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar