
L'Equipe nashri jurnalisti Loik Tanzi PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Liga 1 16-turida «Mets»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi o'yinini baholadi. Rossiyalik posbon ikki gol o'tkazib yubordi, biroq parijliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Tanzi so'zlariga ko'ra, Safonov o‘tkazib yuborilgan ikki gol uchun aybdor emas va umuman olganda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan. Shunga qaramay, jurnalist keyingi uchrashuvda Safonov asosiy tarkibda maydonga tushishiga ishonchi komil emasligini ta’kidladi.
Bu fikrni «Sport-Ekspress» keltirdi. Joriy mavsumda Safonov PSJ safida uchta o'yinda maydonga tushib, ikki gol o'tkazib yuborgan.
Klubning asosiy darvozaboni Lyuka Shevale jarohati sabab ushbu bahslarda o'ynamagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.