date

U-23 Osiyo kubogi oldidan O‘zbekistonning shonli tarixi

U-23 Osiyo kubogi oldidan O‘zbekistonning shonli tarixi

2026 yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonida U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oladi. Qit’aning eng kuchli yoshlar jamoalari ishtirok etadigan mazkur musobaqa oldidan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tayyorgarlik ishlarini jadal sur’atlarda olib bormoqda. Ayni paytda Ravshan Haydarov shogirdlari Milliy futbol markazida yig‘in o‘tkazib, muhim bellashuvlarga puxta hozirlik ko‘ryapti.

Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) rasmiy sahifasida esa musobaqa arafasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining avvalgi Osiyo kuboklaridagi ishtiroki va natijalari yana bir bor yodga olindi. Qayd etilishicha, vakillarimiz so‘nggi yillarda qit’a miqyosida eng barqaror jamoalardan biri sifatida tan olingan.

Xususan, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi:

— 2018 yilgi Osiyo kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgan;

— 2022 yilda musobaqani kumush medal bilan yakunlagan;

— 2024 yilda ham finalgacha yetib borib, ikkinchi o‘rinni egallagan.

Bu natijalar yoshlar futbolida yaratilgan tizim, murabbiylar shtabi va futbolchilarning mehnati samarasi ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Endilikda jamoa ushbu an’anani davom ettirish va yana bir bor Osiyo arenasida o‘z so‘zini aytishni maqsad qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy musobaqada O‘zbekiston U-23 terma jamoasi «C» guruhidan joy olgan. Vakillarimiz guruh bosqichida Eron, Janubiy Koreya hamda Livan terma jamoalariga qarshi kuch sinashadi. Bu esa har bir uchrashuv yuqori saviyada va keskin raqobat ostida o‘tishini anglatadi.

Osiyo kubogi oldidan muxlislarimiz yana bir bor yoshlarimizdan katta natijalar kutishmoqda. Ilgari qo‘lga kiritilgan yutuqlar esa jamoaga ishonch va ruhiy ustunlik bag‘ishlashi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo kubogi oldidan O‘zbekistonning shonli tarixi