date

Janubiy Koreyada sekin yuruvchilar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi

Janubiy Koreyada sekin yuruvchilar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi

Janubiy Koreyada vokzallar va gavjum ko‘chalarda sekin yuruvchilar uchun maxsus yo‘laklar sinov tariqasida joriy etilmoqda. Yangi tashabbus shaharlarda piyodalar harakatini yanada tartibga solishga qaratilgan.

Bu yo‘laklar, asosan, keksalar, chamadon bilan yurgan sayyohlar hamda bolalar aravachasi bilan harakatlanayotgan ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Shu orqali ularga qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyati yaratiladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday ajratish shoshayotgan piyodalar va sekin yuruvchilar oqimini bir-biridan ajratib, tirbandliklarni kamaytiradi. Ayniqsa, yirik shaharlarda bu kabi yechimlar transport va piyodalar harakatidagi noqulayliklarni ancha qisqartiradi.

Rasmiylar ushbu tizim odamlar o‘rtasidagi tushunmovchilik va asabiylikni kamaytirib, shahardagi umumiy stress darajasini pasaytirishga xizmat qiladi, deb hisoblamoqda. Agar sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, bunday yo‘laklar boshqa hududlarda ham joriy qilinishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada sekin yuruvchilar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi