date

Rjeji le Bris derbidagi g'alabani sharhladi


Sanderlend tayn-uirdagi derbida Nyukaslni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Rjeji le Bris g'alabani munosib natija, deb baholadi.

"Faxrlanaman va juda xursandman. Bu derbi edi, muxlislar g'alabani kutishgandi.

Bu to'liq haqli g'alaba: yigitlar yetuk va juda zo'r o'ynashdi. O'yinni yaxshi nazorat qildik, sabr bilan harakat qildik.

Yigitlar va muxlislar uchun xursandman. Bu mintaqa, klub va ishqibozlar uchun juda muhim.

Bu alohida o'yin ekanini bilardik, ammo endi kuch yig'ib olishimiz kerak — bir haftadan so'ng Brayton maydonida safarda jiddiy sinov kutib turibdi", — dedi le Bris Sky Sports'ga. Hozirda Sanderlend APL turnir jadvalida yettinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rjeji le Bris derbidagi g'alabani sharhladi