
Turinning Juventus klubida to'p surayotgan yarim himoyachi Kefren Tyuram yozda Milan Interiga ko'chib o'tishi mumkin. Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, neradzurrilar kelasi mavsum oldidan yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va Tyuram nomzodlar ro'yxatidan o'rin olgan.
Eslatib o'tamiz, Inter safida allaqachon Kefrenning akasi, hujumchi Markus Tyuram to'p suradi. Transfermarkt portali Tyuramning qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi Juventus tarkibida 18 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 2 ta golli pas muallifi bo'ldi. Fransiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.