date

Niklas Fyullkrug Milan uchun asosiy transfer nishoni bo'ldi


Avval xabar qilinganidek, hozirda Londonning «Vest Hem» klubida to'p surayotgan germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkrug Italiya A Seriyasiga ko'chib o'tishi mumkin. Transfer bozoridagi ishonchli manbalardan biri sanaladigan italiyalik jurnalist Matteo Morettoga ko'ra, «Milan» sport direktori Igli Tare aynan Fyullkrugni asosiy ustuvor nomzod sifatida belgilagan.

Bu esa hujumchini «Milan» safida ko'rish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Moretto «Vest Hem»ning talablaridan va futbolchining o'yin uslubidan kelib chiqib, Fyullkrug «Milan» uchun juda mos figura ekanini ta'kidladi.

Ayni vaqtda «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Niklas Fyullkrug Milan uchun asosiy transfer nishoni bo'ldi