
Milan qishki transfer oynasida kamida ikki nafar futbolchini tarkibga qo‘shishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, “rossoneri” rahbariyati yangi markaziy hujumchini olib kelmoqchi.
Shuningdek, jamoa markaziy himoyachi pozitsiyasida ham kuchayishga muhtoj. So‘nggi oylar davomida OAVda “Vest Hem”ning 32 yoshli germaniyalik hujumchisi Niklas Fyullkrug ehtimoliy transferi borasida faol mish-mishlar tarqalmoqda.
A seriyasining 15-turidan so‘ng Milan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa 32 ochko jamg‘argan bo‘lib, peshqadam “Inter”dan atigi bir ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.