
Germaniya chempionatining navbatdagi turida Dortmundning Borussiya jamoasi o'z maydonida Frayburg bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuvdan so'ng "asalarilar" bosh murabbiyi Niko Kovach natija va o'yin tafsilotlari haqida fikr bildirdi.
"Jamoa ikkinchi bo'limning deyarli barchasini bir kishi kam bo'lib o'tkazdi. Raqibimiz ham kuchli edi, shu bois bu natijani qabul qilamiz.
Hayotimizni o'zimiz qiyinlashtirib qo'ydik. Chetlatish bizga uch ochkoga tushdi.
O'n kishi bo'lib shuncha vaqt o'ynash juda og'ir", deya mutaxassisning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi. Eslatib o'tamiz, Borussiya ikkinchi bo'lim boshida angliyalik yarim himoyachi Job Bellingem chetlatilgach, o'yinni bir kishi kam davom ettirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.