date

Kyelini «Yuventus» va «Inter» o'rtasidagi almashinuv mish-mishlariga munosabat bildirdi


«Yuventus» va Milanning «Inter» klubi yarim himoyachilar bo'yicha futbolchi almashishi mumkin. Turin klubi Davide Fratteziga qiziqish bildirayotgani, «neradzurrilar» esa Kefren Tyuramni o'z safiga qo'shib olishni istayotgani haqida Italiya OAV so'nggi kunlarda faol yozmoqda.

«Yuventus»ning futbol bo'limi direktori lavozimida ishlayotgan Jorjyo Kyelini bu mish-mishlarga izoh berdi. Uning aytishicha, Frattezi haqida gapirish «Inter»ga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi.

Kyelini Tyuramning esa hozir ham, avval ham «Yuventus» futbolchisi ekanini ta'kidladi: «U bu yerda bir yarim yil ichida o'zini ko'rsatdi va muhim rol o'ynay olishini isbotladi. Biz uni yo'qotishni istamaymiz, kelajakda hamkorligimiz muvaffaqiyatli bo'lishiga umid qilamiz», dedi u.

Transfermarkt portaliga ko'ra, Frattezining bozor qiymati 35 mln yevro, Tyuramniki esa 40 mln yevroga baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kyelini «Yuventus» va «Inter» o'rtasidagi almashinuv mish-mishlariga munosabat bildirdi