date

Burak Yilmaz "Gaziantep" bosh murabbiyligidan bo'shatildi


Turkiyalik sobiq hujumchi, hozirda murabbiy Burak Yilmaz "Gaziantep" bosh murabbiyligi lavozimidan bo'shatildi. Bu haqda Turkiya Superligasi klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Qizig'i shundaki, Yilmaz qo'l ostida viloyat klubi yomon natija ko'rsatmayotgan edi. Hozir "Gaziantep" 23 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.

Jamoa yevrokuboklar yo'llanmasini beruvchi 4-o'rindan 6 ochko ortda qolgan. Shunga qaramay, "Gaziantep" Superligadagi so'nggi besh o'yinda atigi bir marta g'alaba qozongan.

40 yoshli mutaxassis mavsum boshida "Gaziantep"ni qabul qilib olgan edi. U avval "Beshiktosh"da vaqtincha bosh murabbiy, shuningdek "Kayserispor" va "Kasimpasha" klublarida bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Yilmaz futbolchilik faoliyatini 2023 yilda Niderlandiyaning "Fortuna" klubida yakunlagan, 2022 yilgacha Turkiya terma jamoasi safida to'p surgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Burak Yilmaz "Gaziantep" bosh murabbiyligidan bo'shatildi