
Milan yaqin vaqt ichida belgiyalik yarim himoyachi Aleksis Salemakers bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Massimiliano Allegri qo'l ostida u jamoaning asosiy tarkibida barqaror o'rin egallagan futbolchiga aylandi.
Bu haqda italiyalik nufuzli jurnalistlar Fabritsio Romano va Matteo Moretto xabar berdi. Salemakers Milan safida qariyb olti yildan beri to'p surib kelmoqda.
U 2020 yil yanvarida Belgiyaning Anderlext klubidan Milan safiga o'tgan, transfer qiymati sakkiz million yevroni tashkil etgandi. Xabarlarga ko'ra, yangi kelishuv 2030 yil yozigacha mo'ljallangan bo'ladi.
Shuningdek, futbolchining maoshi ham sezilarli oshib, mavsumiga bir million yevrodan uch million yevrogacha ko'tariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.